UI Design Evolution

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) UI Green Metric World University reytingida TOP-1000 talik ro‘yxatga kiritilgan.
Joriy yilgi reyting natijalariga ko‘ra, TATU barqaror rivojlanayotgan universitet sifatida dunyoning eng yaxshi 1000 ta universiteti qatoridan joy oldi.

Shuningdek, universitet reytinglarini mustaqil mezonlar asosida baholaydigan edurank.org natijalariga ko‘ra, TATU o‘z pozitsiyasini mustahkamladi. Avvalgi yillarga nisbatan universitet 235 pog‘onaga ko‘tarilgan. Ayniqsa, TATU bir nechta yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshi universitet sifatida e’tirof etildi. Jumladan, Axborot texnologiyalari sohasida TATU dunyo bo‘yicha 788-o‘rinni, O‘zbekistonda esa Kompyuter injiniringi, Kiberxavfsizlik, Telekommunikatsiya va Sun’iy intellekt (AI) yo‘nalishlari bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi.