UI Design Evolution

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) bir qator nufuzli xalqaro universitetlar reytinglarida tan olingan bo‘lib, bu uning barqaror rivojlanishi, akademik yutuqlari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) sohasidagi yetakchiligini ko‘rsatadi.

Times Higher Education (THE) Asia University Rankings 2024 reytingida TATU 601+ o‘rinni egallab, Osiyodagi yetakchi universitetlar orasida o‘z obro‘sini oshirib bormoqda.

Universitet quyidagi muhim xalqaro reytinglarda ham qayd etilgan:

  • THE World University Rankings 20241501+ o‘rin

  • THE Impact Rankings 2024 – BMTning barqaror rivojlanish maqsadlariga (SDG) qo‘shgan hissasi uchun 801–1000 o‘rin

  • THE Interdisciplinary Science Rankings 2024 – Fanlararo tadqiqotlardagi yutuqlari uchun 401–500 o‘rin

Shuningdek, TATU QS (Quacquarelli Symonds) reyting agentligi tomonidan quyidagicha baholangan:

  • QS World University Rankings 2025 – dunyo bo‘yicha 1401+ o‘rin

  • QS World University Rankings: Central Asia 2024 – Markaziy Osiyoda 34-o‘rin

  • QS Asian University Rankings 2025 – Osiyoda 541–561 o‘rin

  • QS Sustainability Rankings 2025 – ekologik va ijtimoiy ta’siri uchun 1501+ o‘rin

  • QS Stars Rating System – ta’lim sifati, bandlik, ilmiy tadqiqotlar, infratuzilma, innovatsiya va xalqaro hamkorlik bo‘yicha 4 yulduz