UI Design Evolution

Erasmus+ Milliy ofislari (NEO) 27 ta Hamkor davlatlarda Yevropa Komissiyasi, EACEA va ushbu davlatlarning rasmiylariga Erasmus+ dasturini amalga oshirishda yordam beradi. NEO, ayniqsa oliy ta’lim sohasida, Hamkor davlatdagi siyosiy jarayonlarni diqqat bilan kuzatib boradi.

Erasmus+ dasturi doirasidagi Milliy ofislarning vakolati quyidagilarni qamrab oladi: Hamkor davlatlar bilan hamkorlikka ochiq bo‘lgan oliy ta’lim sohasidagi Erasmus+ faoliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, targ‘ib qilish, monitoring qilish va ma’lumot tarqatish.

Yevropa Ittifoqining Delegatsiyasi bilan bir qatorda va uni to‘ldirgan holda, Erasmus+ Milliy ofisi mamlakatdagi barcha manfaatdor tomonlar, potensial ariza topshiruvchilar, foyda oluvchilar va boshqa ishtirokchilar uchun EACEA va Yevropa Komissiyasining oliy ta’lim sohasidagi faoliyatlari va dasturlari bo‘yicha asosiy aloqa nuqtasi hisoblanadi.

Erasmus+ Milliy ofisi quyidagi umumiy maqsadga hissa qo‘shadi: O‘zbekistonda Erasmus+ va Tempus dasturlarining ahamiyati, samaradorligi va ta’sirini oshirish.

Erasmus+ Milliy ofisining aniq faoliyatlari:

  • Erasmus+ va Tempus dasturlari haqida to‘liq ma’lumotlarni targ‘ib qilish va tarqatish; konferensiyalar, seminarlar, axborot kunlari va boshqa tadbirlarni tashkil qilish; Erasmus+ dasturini targ‘ib qilish va uning natijalaridan foydalanish;

  • Potensial ariza topshiruvchilarga maslahat berish, ma’lumot berish va yordam ko‘rsatish; axborot/aloqa uchrashuvlari va seminarlar tashkil qilish; mahalliy va xorijiy hamkorlarni topishda yordam berish; loyiha amalga oshirilishida ishtirok etuvchi oliy ta’lim va boshqa muassasalarga yordam ko‘rsatish; loyihalararo hamkorlikni targ‘ib qilish, sinergiyani oshirish va eng yaxshi tajribalar almashinuviga ko‘maklashish;

  • Butun mamlakat bo‘ylab monitoring tashriflarini tashkil qilish va o‘tkazish; monitoring hisobotlarini tayyorlash va EACEAga taqdim etish, loyiha natijalariga oid tavsiyalar kiritish;

  • Oliy ta’limni isloh qilish bo‘yicha milliy ekspertlar jamoasining (HEREs) faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va muvofiqlashtirish;

  • Oliy ta’lim sohasida boshqa Yevropa Ittifoqi dasturlari, faoliyatlari va tashabbuslari haqida ma’lumot tarqatish;

  • Erasmus+ dasturlariga oid tadbirlarni veb-sayt, targ‘ibot materiallari va axborot kampaniyasi orqali e’lon qilish.

Sarlavha Loyiha Boshlanish sanasi Yakunlanish sanasi
1 Kosmik tizimlar va aloqa muhandisligi bo'yicha yangi o'quv dasturi - SPACECOM Erasmus + 01.01.2019 12.31.2023